Modul haqida
Modulning maqsadi:
Adliya organlari va muassasalari xodimlarining Adliya vazirligining vazifalari va ichki siyosati, adliya organlari xodimlarining psixologik kompetentligi, adliya organlarida ish yuritish va jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi, nazorat funksiyalari, taʼsir choralari hamda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati boʻyicha nazariy bilimlar berish.
Modulning vazifalari:
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati, xodimlarning kasbiy odob-ahloqining normalari va qoidalari, adliya tizimida manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish boʻyicha talablar hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) tizimi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berish