Modul haqida
Modulning maqsadi:
Adliya organlari va muassasalari xodimlarining Adliya vazirligining vazifalari va ichki siyosati, adliya organlari xodimlarining psixologik kompetentligi, adliya organlarida ish yuritish va jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi, nazorat funksiyalari, taʼsir choralari hamda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati boʻyicha nazariy bilimlar berish.
Modulning vazifalari:
Adliya organlarida ish yuritishning huquqiy asoslari, maqsadi va vazifalari, Hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish tartibi, adliya organlarida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari va ularni koʻrib hal qilish, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish, shaxsiy va sayyor qabullarni tashkil etish tartibi hamda ijro intizomi va nazoratini tashkil etishning huquqiy asoslari va oʻziga xos xususiyatlari, av.ijro.uz tizimi bo‘yicha nazariy bilimlar berish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish