Modul haqida
Modulning maqsadi:
Adliya organlari va muassasalari xodimlarining intellektual mulk va uni huquqiy himoya qilish masalalari boʻyicha nazariy bilimlar berish.
Modulning vazifalari:
Adliya organlari va muassasalari xodimlarining quyidagi yo‘nalishlar boʻyicha nazariy bilimlarini oshirish, koʻnikmalarini rivojlantirish: intellektual mulk, patent huquqi va mualliflarning shaxsiy nomulkiy huquqlari tushunchalari; intellektual mulk obektlaridan foydalanishda tuziladigan mualliflik va litsenziya shartnomalari; tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi), geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlarining huquqiy muhofazasi; intellektual mulk obektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi.