Modul haqida
Modulning maqsadi:
Adliya organlari va muassasalari xodimlariga tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va faoliyatini tugatish tizimi boʻyicha nazariy bilimlar berish.
Modulning vazifasi:
Adliya organlari va muassasalari xodimlarining quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha nazariy bilimlarini oshirish, koʻnikmalarini rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi, tadbirkorlik sub’ektlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, tadbirkorlik sub’ektlarining yagona davlat reestrini yuritish, tadbirkorlik sub’ektlarini majburiy va ixtiyoriy tugatishning mazmun mohiyati va davlat reestridan chiqarish tartibi, tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi.