Modul haqida
Modulning maqsadi:
Adliya organlari va muassasalari xodimlarining intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limlari xodimlarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha nazariy bilimlar berish.
Modulning vazifalari:
Adliya organlari va muassasalari xodimlarining quyidagi yo‘nalishlar boʻyicha nazariy bilimlarini oshirish, koʻnikmalarini rivojlantirish: Intellektual mulk huquqi tizimi va asoslari; Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar; Intellektual mulk obektlariga nisbatan mutlaq huquqlar; Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish usullari va ushbu yo‘nalishda vakolatli davlat organlarining vazifa va funksiyalari; Intellektual mulkni sud orqali himoya qilishning o‘ziga xos jihatlari (amaliy sud qarorlari asosida).